Barcha yangiliklar
Galabotir mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 224901
Gallery image 224902
Gallery image 224903
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
07 Avg 2026
10:19

Galabotir mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

📌Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 20- Galabotir saylov okrugi deputati A. Nishonov Galabotir mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan suhbatlashdi. Uchrashuvda jinoyatchilikning oldini olish, mahalla tinchligini saqlash hamda oilaviy nizolarning oldini olish bo‘yicha qonunchilik talablari yuzasidan fikr almashildi.

📌Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yakunda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.