Barcha yangiliklar













ERKINOV JAXONGIR AKTAMXON O‘G‘LI
01 Fev 2025
12:40
Oqdaryo tuman hokimi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining navbatdagi qabuli o‘tkazilmoqda
Oqdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
Unda murojaat va takliflar tuman hokimi Sh.Qudratov, Xalq qabulxonasi mudiri T.Murtazayev hamda Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 7-Yangiqo`rg`on saylov okrugi depuatati D.Adilova tomonidan qabul qilinmoqda.
Qabul davomida murojaatlar shu joyning o‘zida soha mas’ullari va murojaatchi tomon ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olinmoqda.