Barcha yangiliklar
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 224877
Gallery image 224878
Gallery image 224879
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
25 Avg 2026
10:04

YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi raisi, deputat Yusupov Ravshan Abilovich tomonidan hududdagi 70-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari hamda bitiruvchilarning ta’limning keyingi bosqichiga yo‘naltirilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🔎O‘rganish jarayonida maktabdagi o‘quv xonalari, mavjud infratuzilma, obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarning holatiga e’tibor qaratildi.

🤝O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik darajasini yanada yaxshilash hamda bitiruvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!