Barcha yangiliklar
Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.
Gallery image 224790
Gallery image 224791
Gallery image 224792
Gallery image 224793
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
26 Avg 2026
09:00

Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.

Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Bektemirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi "2026-2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi PQ-393-sonli qarorining Baxmal tumanidagi ijrosi bo’yicha yangi qurilayotgan “Doʻstlik” MFY hududida qurilayotgan 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining binosida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratildi:
📌 Sifat va muddat: Qurilish ishlarining belgilangan standartlarga muvofiqligi va obʼektni oʻz vaqtida topshirish choralari koʻrildi.
📌 Sharoitlar: Kelajakda bolajonlarning zamonaviy taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratiladigan shart-sharoitlar loyihasi tahlil qilindi.