Barcha yangiliklar
Kosonda “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi raisi saylandi
Gallery image 26314
Gallery image 26315
Gallery image 26316
Gallery image 26317
Gallery image 26318
IRISKULOV OBIDJON SAYFULLAYEVICH
01 Fev 2025
11:17

Kosonda “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi raisi saylandi

 O‘zbekiston Ekologik partiyasi Koson tuman Kengashi tomonidan “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi Konferensiyasi o‘tkazildi. 

  Tuman Kengashi “Ayollar qanoti” faollari ishtirok etgan Konferensiyada yurtimizda xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish hamda ularning manfaatlari yo'lida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi. 

  So‘zga chiqqanlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, partiya qoshida “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubining ta'sis etilishi hududlarda tabiatsevar insonlarning ko’payishi, yoshlarning ekologik savodxonligi oshishi uchun qo’yilgan muhim qadam ekanligini aytishdi.  

Konferensiyada klub a'zolari va raisini saylash masalalari ko‘rib chiqilib, ishtirokchilarning fikrlari tinglandi. Unga ko’ra Koson tuman Kengashining “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi raisi etib Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Хalima Sattorova saylandi.