Barcha yangiliklar
Ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligi o‘rganildi
Gallery image 224628
Gallery image 224629
Gallery image 224630
Gallery image 224631
Gallery image 224632
Gallery image 224633
Gallery image 224634
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
25 Avg 2026
20:35

Ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligi o‘rganildi

O‘rganish davomida keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning holati va sifati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-415-son) ijrosi tahlil qilindi.
Jarayon davomida markaz tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Inson qadri — oliy mezon. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning munosib hayot kechirishini ta’minlash doimiy e’tiborda.