Barcha yangiliklar
Tuman kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi tomonidan kengash deputatining okrugidagi Deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalarning  4-yo‘nalishda belgilangan  vazifalarning ijrosini o‘rgandi.
Gallery image 224598
Gallery image 224599
Gallery image 224600
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
25 Avg 2026
20:25

Tuman kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi tomonidan kengash deputatining okrugidagi Deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalarning  4-yo‘nalishda belgilangan  vazifalarning ijrosini o‘rgandi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T.Gulmatov  Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman kengashining 12-“Navbahor” saylov okrugi deputati S.Valiyevaning saylov okrugiga qarashli “Navbahor” mahallasida bo‘ldi.
O‘rganish jarayonida  Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasidagi ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
 “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasidagi 4-yo‘nalish doirasida Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari tahlil qilindi.
Mahalla ma’sullariga bilan suhbat davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.