Barcha yangiliklar
MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA QUMQO‘RG‘ONDA YANA BIR ZAMONAVIY MAKTAB BUNYOD ETILDI!
Gallery image 224570
Gallery image 224571
Gallery image 224572
Gallery image 224573
Gallery image 224574
Gallery image 224575
Gallery image 224576
Gallery image 224577
Gallery image 224578
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
24 Avg 2026
20:18

MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA QUMQO‘RG‘ONDA YANA BIR ZAMONAVIY MAKTAB BUNYOD ETILDI!

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Qumqo‘rg‘on tumanida yosh avlod kelajagi yo‘lida yana bir muhim bunyodkorlik obyekti foydalanishga topshirildi.
"Joziba" mahallasida joylashgan 85-sonli umumta’lim maktabining 2 milliard 749 million so‘mlik loyiha asosida barpo etilgan 180 o‘rinli yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.
Yangi, zamonaviy va barcha zarur sharoitlarga ega mazkur o‘quv binosi o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Tantanali ochilish marosimida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Xaydarova, nuroniylar, faxriy ustozlar hamda o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Tadbirda yosh avlod uchun yaratilayotgan bunday zamonaviy sharoitlardan unumli foydalanish, o‘quvchilarga puxta bilim va munosib tarbiya berish, ularni Vatanga sadoqatli, bilimli va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish muhimligi ta’kidlandi.
Yangi maktab — yangi imkoniyatlar, yangi avlod va porloq kelajak sari muhim qadam!