Barcha yangiliklar
MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA QUMQO‘RG‘ONDA YANA BIR ZAMONAVIY MAKTAB BUNYOD ETILDI!
Gallery image 224526
Gallery image 224527
Gallery image 224528
Gallery image 224529
Gallery image 224530
Gallery image 224531
Gallery image 224532
Gallery image 224533
Gallery image 224534
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
24 Avg 2026
20:09

MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA QUMQO‘RG‘ONDA YANA BIR ZAMONAVIY MAKTAB BUNYOD ETILDI!

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Qumqo‘rg‘on tumanida yosh avlod kelajagi yo‘lida yana bir muhim bunyodkorlik obyekti foydalanishga topshirildi.
Yangiobod mahallasidagi 53-sonli umumta’lim maktabi uchun umumiy qiymati 2 milliard 731 million so‘mlik, 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi barpo etilib, o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.
Yangi, zamonaviy va barcha zarur sharoitlarga ega mazkur o‘quv binosi o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari N.Allanazarov, tuman kengashi deputatlari Q.Chorshanbiyev va R.Mengziyayevalar, nuroniylar, faxriy ustozlar hamda o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Tadbirda yosh avlod uchun yaratilayotgan bunday zamonaviy sharoitlardan unumli foydalanish, o‘quvchilarga puxta bilim va munosib tarbiya berish, ularni Vatanga sadoqatli, bilimli va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish muhimligi ta’kidlandi.
Yangi maktab — yangi imkoniyatlar, yangi avlod va porloq kelajak sari muhim qadam!