Barcha yangiliklar
#Nazorat_tahlil_tadbiri
Gallery image 224197
Gallery image 224198
Gallery image 224199
Gallery image 224200
Gallery image 224201
Gallery image 224202
Gallery image 224203
Gallery image 224204
Gallery image 224205
Gallery image 224206
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
25 Avg 2026
17:01

#Nazorat_tahlil_tadbiri

#Nazorat_tahlil_tadbiri
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan hududlardagi avtoyo‘l bekatlarning texnik, sanitariya holatini, yo‘lovchiar uchun qulayliklar, bekat oldida piyodalar uchun o‘tish joyi (zebra chizig‘i), avtobus yo‘nalishlari va qatnov jadvali mavjudligini o‘rganish bo‘yicha  nazorat-tahlil tadbirlari tashkil etildi.

🔷O‘rganishning dastlabki manzili Turkiston hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llari bo‘ldi. Bir qarashdayoq kishi "eʼtiborini tortadigan"  bekatlar bu hududda anchagina ekanligi mutasaddi tashkilotning faoliyatiga beriladigan bahoni yaqqol ko‘rsatib turibdi.

🔶O‘rganishda ishtirok etgan tuman Kengashi deputatlari M. Qoraxo‘jayev, G. Tursunova hamda tuman yo‘llardan foydalanish DM yetakchi mutaxassisi A. Eshankulovlar aholi bilan suhbatlashib, ularning taklif va muammolarini tingladilar. Masʼullarga tegishli vazifalar belgilandi.

🔷Nazorat-tahlil tadbirlari tumanning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.