Barcha yangiliklar



MATYAQUBOVA SARABIBI IDIROVNA
25 Avg 2026
16:44
Deputat - Davlat bilan Xalq o‘rtasidagi ko‘prikdir
Deputat - Davlat bilan Xalq o‘rtasidagi ko‘prikdir
Tuman “Xalq kutubxonasi” xodimlari Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov qabulida bo‘lib, mahalliy Kengash deputatlarining faoliyati, vakolatlari, huquq va majburiyatlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Uchrashuv davomida deputatlarning hududdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi o‘rni, fuqarolar manfaatlarini ifodalash, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish borasidagi vazifalari haqida fikr almashildi.
Muloqot yakunida ishtirokchilar mahalliy Kengashlar faoliyati va deputatlik institutining jamiyat hayotidagi ahamiyati yuzasidan zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.