Barcha yangiliklar
Муаммолар депутат диққат марказида
Gallery image 26199
Gallery image 26200
Gallery image 26201
Gallery image 26202
Gallery image 26203
ACHILOVA SAODAT MUXAMEDJANOVNA
29 Yan 2025
00:00

Муаммолар депутат диққат марказида

 Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashiga saylangan deputat D.Tajimuratova o‘zi saylangan hudud "Ocha-qal’a"
mahllasi
aholisi bilan o‘tkazgan muloqotlarida mahalladagi 24-sonli umumta’lim maktabi isitish tizimida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar kelib tushgan edi. Murojaatlarga yechim topish maqsadida deputat tomonidan maktab isitish tizimidagi muammolar bo‘yicha tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Shuningdek, maktab isitish tizimiga bevosita javobgar bo‘lgan "Hayvat savdo" tadbirkorlik subyekti rahbari bilan ham olib borilgan muloqotlar natijasida bugun maktabda isitish tizimini yaxshilash bo‘yicha ta’mirlash, eski quvirlarni yangi, zamonaviy shakliga almashtirish ishlari olib borilmoqda. Deputat D.Tajimuratova, tuman va mahalla faollari ishtirokida maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi. Hozirda maktabning bir qismida ta’mirlash ishlari yakuniga yetish arafasida.