Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 223874
Gallery image 223875
Gallery image 223876
Gallery image 223877
Gallery image 223878
XO‘JANAZAROV SHUXRAT BEKNAZAROVICH
25 Avg 2026
10:32

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏫 “QORABOG‘” MAHALLASIDA ZAMONAVIY TA’LIM VA SPORT MASKANI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-sonli qarori asosida Sherobod tumanining “Qorabog‘” MFY hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, obyekt foydalanishga topshirildi.

🏗️ Rekonstruksiya doirasida maktab uchun 96 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi, 12×24 metr hajmdagi sport zali, 50 o‘rinli oshxona hamda workout sport maydoni barpo etildi.

🎉 Yangi va zamonaviy sharoitlarning foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati I. Nuriddinov ham ishtirok etdi.

Mazkur bunyodkorlik ishlari natijasida o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim olish, sport bilan muntazam shug‘ullanish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yanada qulay sharoitlar yaratildi.

⚽️ Ta’lim va sport uchun yaratilayotgan bunday zamonaviy sharoitlar — yosh avlodning sog‘lom, bilimli va barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.

🇺🇿 Yangi imkoniyatlar — farzandlarimizning yorqin kelajagi sari mustahkam qadam!