Barcha yangiliklar
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Gallery image 223820
Gallery image 223821
Gallery image 223822
Gallery image 223823
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
12 Avg 2026
10:12

FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-“Xalqabod” saylov okrugi deputati N. Ruziyeva saylangan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida Kengash mutaxassisi T. Murodov tomonidan hududda aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida ko‘chalarda fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, hududdagi keksalar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, mavjud muammolari va takliflari o‘rganildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar qayd etib olindi hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan ish olib borish belgilandi.

Aholi bilan bevosita muloqot — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yechim topishning muhim vositasidir.