Barcha yangiliklar
56-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari
Gallery image 223802
Gallery image 223803
Gallery image 223804
Gallery image 223805
Gallery image 223806
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
24 Avg 2026
00:00

56-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Andijon shahridagi 56-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, xodimlar faoliyati hamda mavjud muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tashkilotda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bunday o‘rganishlar maktabgacha ta’lim tizimida mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda bolalar uchun yanada qulay va sifatli ta’lim-tarbiya muhitini yaratishga xizmat qiladi.