Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyat mudiri G‘. Abdullayev hamda tuman Kengashi deputatlari R. Yegitaliyev, D. Xamraqulov va G‘. Ermatovlar tomonidan Bag‘dod dehqon bozorida narx-navolar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 223634
Gallery image 223635
Gallery image 223636
Gallery image 223637
Gallery image 223638
Gallery image 223639
Gallery image 223640
Gallery image 223641
Gallery image 223642
Gallery image 223643
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
24 Avg 2026
20:47

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyat mudiri G‘. Abdullayev hamda tuman Kengashi deputatlari R. Yegitaliyev, D. Xamraqulov va G‘. Ermatovlar tomonidan Bag‘dod dehqon bozorida narx-navolar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyat mudiri G‘. Abdullayev hamda tuman Kengashi deputatlari R. Yegitaliyev, D. Xamraqulov va G‘. Ermatovlar tomonidan Bag‘dod dehqon bozorida narx-navolar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🟡O‘rganish davomida bozorda sotilayotgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht, sut va sut mahsulotlari, tuxum, guruch, un, yog‘, shakar, sabzavot hamda meva mahsulotlarining amaldagi narxlari tahlil qilindi.

🟡Shuningdek, mahsulotlarning narxlarini shakllantirish omillari, savdo rastalarida sanitariya va tartib-intizomga rioya etilishi, iste’molchilar uchun zarur mahsulotlarning yetarliligi hamda narxlarning asossiz oshirilishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟡O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, aholini sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorda narxlar barqarorligini saqlash hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

💵 Bunday o‘rganishlar hududda narx-navoning barqarorligini ta’minlash, bozordagi vaziyatni doimiy monitoring qilib borish hamda aholi uchun qulay savdo sharoitlarini yaratishga qaratilgan.