Barcha yangiliklar
“USTOZLAR MILLIY FORUMI” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
Gallery image 223473
Gallery image 223474
Gallery image 223475
Gallery image 223476
Gallery image 223477
Gallery image 223478
Gallery image 223479
Gallery image 223480
Gallery image 223481
Gallery image 223482
Gallery image 223483
Gallery image 223484
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
24 Avg 2026
17:55

“USTOZLAR MILLIY FORUMI” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM

“USTOZLAR MILLIY FORUMI” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM

📌 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Umarxodjayeva Shaxnoza Maxsudovna ishtirokida Olmazor tumani “Sebzor” MFY hududidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ustozlar milliy forumi” bayram tadbiri tashkil etildi.

🔖 Forumda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Umarxodjayeva Shaxnoza Maxsudovna, Olmazor tumani Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Matyakubov Toir Radjapovich, Olmazor tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xamidov Abdujalil Shavkatbek o‘g‘li hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqjonova ishtirok etdi.

📎 Tadbir davomida ta’lim tizimida tashabbuskorligi, fidoyiligi va samarali mehnati bilan alohida ajralib turgan pedagog va o‘qituvchilar munosib rag‘batlantirildi. Ularga sertifikat, Faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

✅ Shuningdek, forum doirasida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlari tashkil etilib, unda ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, mavjud masalalar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

📚 Ustozga ehtirom — kelajakka ehtirom!