Barcha yangiliklar
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA EHTIYOJMAND OILALARDAN XABAR OLINDI
Gallery image 223315
Gallery image 223316
Gallery image 223317
Gallery image 223318
Gallery image 223319
Gallery image 223320
Gallery image 223321
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
24 Avg 2026
16:18

🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA EHTIYOJMAND OILALARDAN XABAR OLINDI

🤝 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov, tuman Mahallalar uyushmasi rahbari N.Xolmuratov hamda tuman Kengashi deputati A.Kalandarov tomonidan ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalar holidan xabar olindi.
🏠 Tashrif davomida oilalarning ijtimoiy sharoiti o‘rganilib, ularni qiynayotgan muammolar, ehtiyoj va murojaatlar tinglandi.
💬 Fuqarolar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolarni hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
❤️ Bayram arafasida aholiga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, inson qadrini ulug‘lash hamda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash — ustuvor vazifalardan biridir.
🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning birdamligi, tinchligi, farovonligi va inson qadrini ulug‘lash timsolidir!
✨ Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod, xalqimiz farovon bo‘lsin!