Barcha yangiliklar
Xalq bilan hamjihatlik — obod mahalla sari muhim qadam
Gallery image 223313
MATYAQUBOVA SARABIBI IDIROVNA
24 Avg 2026
16:16

Xalq bilan hamjihatlik — obod mahalla sari muhim qadam

Xalq bilan hamjihatlik — obod mahalla sari muhim qadam

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Intizor Abdullayeva Kenagas mahallasidagi Bog‘ishamol ko‘chasida bo‘lib, hududdagi yo‘l infratuzilmasi holatini o‘rgandi.
Mazkur ko‘chada 110 ta xonadon istiqomat qiladi. Aholining o‘z tashabbusi va hamjihatligi bilan ko‘chani asfaltlash ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, deputat Intizor Abdullayeva ham ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, asfaltlash jarayonida bevosita ishtirok etdi.
O‘rganish davomida aholi bilan ochiq muloqot qilinib, yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash, hududni obodonlashtirish va fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aholining tashabbusi, deputatning ko‘magi va hamjihatlik — obod va farovon mahalla uchun mustahkam zamin.