Barcha yangiliklar
Deputat so‘roviga javob olindi
Gallery image 223299
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
17 Avg 2026
00:00

Deputat so‘roviga javob olindi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi raisi Saidolim Nasretdinov tomonidan Boyqo‘rg‘on mahallasidagi M. Riyeziy 1-tor ko‘chasida irrigatsiya lotogidan suvning erkin oqib o‘tishi bilan bog‘liq muammo yuzasidan yuborilgan deputat so‘rovi mutasaddi tashkilot tomonidan o‘rganib chiqildi.

🔎 Yashnobod tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan hududga chiqilib, mavjud holat joyida o‘rganildi.

✅ O‘rganish natijasida mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar dasturga kiritilib, belgilangan tartibda amalga oshirilishi ma’lum qilindi.