Barcha yangiliklar
Deputat so‘rovi yuborildi
Gallery image 223293
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
17 Avg 2026
00:00

Deputat so‘rovi yuborildi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Tuhfaxon Axmedova tomonidan fuqarolar murojaati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

📝 Murojaatda “Jo‘rabek” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro T.Jumamuratovaning farzandiga oid tibbiy-ijtimoiy masala ko‘tarilgan. Jumladan, murojaatda farzandda autistik spektr buzilishi tashxisi mavjudligi, uning ijtimoiy muhitga moslashuvi, ta’lim olishi va kelgusida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatlari yuzasidan masalalar bayon etilgan.

❗️Shu munosabat bilan deputat so‘rovida fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan holatlarni atroflicha o‘rganish, farzandning funksional holatini belgilangan tartibda baholash hamda nogironlik guruhini belgilash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish so‘ralgan.