Barcha yangiliklar
22-BAND IJROSI: MAKTABNING QO‘SHIMCHA BINO QURILISHI O‘RGANILDI
Gallery image 223269
Gallery image 223270
Gallery image 223271
Gallery image 223272
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
24 Avg 2026
15:48

22-BAND IJROSI: MAKTABNING QO‘SHIMCHA BINO QURILISHI O‘RGANILDI

 22-BAND IJROSI: MAKTABNING QO‘SHIMCHA BINO QURILISHI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 22-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat M. Altibayeva tomonidan Esaboy mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi 43-sonli umumta’lim maktabining qo‘shimcha binosi qurilishi bilan bog‘liq ishlar holati ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, qurilish ishlarining borishi, belgilangan talablar asosida amalga oshirilayotgani, ishlarning sifati va o‘z vaqtida yakunlanishi masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, qurilish jarayonining belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlanishi deputatlik nazoratiga olindi.