Barcha yangiliklar
Yoshlar bilan uchrashuv — dolzarb masalalar muhokamasi
Gallery image 223246
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
24 Avg 2026
15:35

Yoshlar bilan uchrashuv — dolzarb masalalar muhokamasi

Yoshlar bilan uchrashuv — dolzarb masalalar muhokamasi

Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi V. Ro‘ziev Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Urolov bilan birgalikda yoshlar bilan ishlash, ularning taklif va murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularning takliflarini tegishli tashkilotlarga yetkazish va amaliy yechim topish borasida hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Yoshlar — yurt kelajagi! Ularni qo‘llab-quvvatlash va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish barchamizning muhim vazifamizdir.