Barcha yangiliklar
21-TURON SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI
Gallery image 223235
Gallery image 223236
Gallery image 223237
Gallery image 223238
Gallery image 223239
Gallery image 223240
Gallery image 223241
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
24 Avg 2026
15:33

21-TURON SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI

21-TURON SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI

🌿 “Yoshlik” mahallasida hududni obodlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish, mahalla hududini yanada obod va ko‘rkam holga keltirish maqsadida Navoiy shahar 21-Turon saylov okrugi deputati Bazarov Baxtiyor Yaxshilikovich tashabbusi bilan “Yoshlik” mahallasi, Qadriyat ko‘chasida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

🧹 Amalga oshirilgan ishlar davomida ko‘cha hududidagi ariqlar tozalanib, yo‘l chetlarida o‘sib ketgan begona o‘tlar chopildi hamda hudud tartibga keltirildi.

🌱 Shuningdek, ko‘cha va uning atrofidagi hududlarni ozoda saqlash, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun yanada qulay va ko‘rkam muhit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Mazkur amaliy tashabbus mahalla obodligini ta’minlash, aholi farovonligi uchun qulay sharoit yaratish hamda fuqarolarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.

✨ Obod ko‘cha — fayzli mahalla, farovon hayot garovi!