Barcha yangiliklar
Mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘quv seminar
Gallery image 223211
Gallery image 223212
Gallery image 223213
Gallery image 223214
Gallery image 223215
Gallery image 223216
Gallery image 223217
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
24 Avg 2026
15:16

Mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘quv seminar

🏛 Mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash borasida mahalliy Kengashlar deputatlari faoliyatini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv seminar o‘tkazildi.
🎙 Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi direktori Q. Muqumov hamda Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi boshlig‘i O. Mamayusupov ishtirok etdi.
👥 Tadbirda tuman Kengashining doimiy komissiyalari raislari, deputatlar hamda ekspert guruhi a’zolari qatnashdilar.
💬 Seminar davomida mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
📌 Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda deputatlarning nazorat va vakillik faoliyatini yanada samarali tashkil etish, muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.