Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 223167
Gallery image 223168
Gallery image 223169
Gallery image 223170
Gallery image 223171
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
24 Avg 2026
14:35

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov okrugidagi 225-maktabda qurilayotgan yangi binodagi ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sinf xonalarining holati ko‘zdan kechirildi.

Xozirga qadar qurilish ishlaridagi kamchiliklar oz emasligi, lift moslamalari umuman o‘rnatilmaganligi, moddiy-texnika bazasi va jihozlar yo‘qligi hamda maktabni yangi o‘quv yilini munosib kutib olish uchun to‘liq tayyor holatda emasligi ma’lum bo‘ldi.

Barcha aniqlangan muammoli holatlar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbalariga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Ushbu o‘tkazilgan o'rganishda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.