Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 223121
Gallery image 223122
Gallery image 223123
Gallery image 223124
Gallery image 223125
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
24 Avg 2026
14:12

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

 Bo‘ston mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Y.Jo‘rayev, J.Mamadaliyev, kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyev, tuman hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari O.Egamov hamda tuman hokimining din ishlari bo‘yicha maslahatchisi D.Mardiyevlar ishtirokida Bo‘ston mahallasi yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda saylovchilarning murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Murojaatlarning amaliy yechimini ta’minlash, ijrosini nazoratga olish hamda aholi bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam davom ettirish belgilab olindi.