Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 223095
Gallery image 223096
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
24 Avg 2026
13:56

Kotib

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani partiya tashkiloti raisi Aziz Sattorov tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida tumandagi Muhammad Yusuf ko‘chasida joylashgan somsaxona faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur somsaxonada elektron pechlardan foydalanilayotgani, turli zararli yoqilg‘ilar yoqilmasligi aniqlandi. Bu esa atmosferaga zararli chiqindilar chiqarilishining oldini olish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir.