Barcha yangiliklar
#Komissiya_faoliyati #19_1_Modda_ijrosi #Hamkorlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari
Gallery image 223010
Gallery image 223011
YO‘LDOSHXO‘JAYEVA MUXLISA RUSTAMOVNA
17 Avg 2026
12:44

#Komissiya_faoliyati #19_1_Modda_ijrosi #Hamkorlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzolari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida mavjud muammolar oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida “Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻini faollari ham ishtirok etib, hududda istiqomat qiluvchi aholining murojaatlari, mavjud muammolari tinglandi.
Jumladan, asosiy faoliyatga oid 24 ta savolnoma bo'yicha fuqarolarning xonadonlarga kirib-chiqish uchun alohida yoʻl tashkil etish, hududni obodonlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Murojaatlarda koʻtarilgan masalalarni ijobiy hal etish maqsadida masʼullar tomonidan hududdagi mavjud imkoniyatlar oʻrganilib, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqilishi ma'lum qilindi.
O'rganish yakunida aholi bilan bevosita muloqot qilish va ularning muammolarini yechimini taʼminlash deputatlik faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri ekanligi ta'kidlandi.