Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 222980
Gallery image 222981
Gallery image 222982
Gallery image 222983
Gallery image 222984
XO‘JANAZAROV SHUXRAT BEKNAZAROVICH
24 Avg 2026
11:57

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📚 “Kitobxon onalar” — ma’naviyat va ma’rifat sari

📍 G‘ambur mahallasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-“G‘ambur” saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Kitobxon onalar” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, onalar o‘rtasida mutolaaga qiziqishni oshirish, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyani yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yurtimiz mustaqilligining 35 yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi ostida munosib kutib olish yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarida har bir fuqaroning faol ishtiroki hamda tashabbuskorligi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

🤝 Mazkur tadbir deputat hamda tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.