Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 222884
Gallery image 222885
Gallery image 222886
Gallery image 222887
Gallery image 222888
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
24 Avg 2026
09:53

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekistin Ekologik partiyasi a’zosi Shuzrat Fayziyevning “Yangi Avayxon” mahallasidagi 275-sonli umumta’lim maktabi oldida 2026-2027 o‘quv yilida o‘quvchi va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, piyodalar yo‘laklaridagi rangli belgilarni sifatli va uzoq muddatga xizmat qilishi uchun yo‘l belgilarini qayta chizilishi bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘iga yuvorilgan deputat so‘roviga rasmiy javob olindi.

Javob xatida ma’lum qilinishicha, deputat so‘rovida ko‘rsatilgan holat yuzasidan mutaxassislar ishtirokida hududga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish natijasida “Yangi Avayxon” mahallasi hududidagi 275-sonli umumta’lim maktabi oldidagi piyodalar o‘tish joyi chiziqlari qayta chizilib, deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.