Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 222860
Gallery image 222861
Gallery image 222862
Gallery image 222863
Gallery image 222864
Gallery image 222865
Gallery image 222866
Gallery image 222867
Gallery image 222868
Gallery image 222869
Gallery image 222870
Gallery image 222871
Gallery image 222872
Gallery image 222873
Gallery image 222874
Gallery image 222875
Gallery image 222876
Gallery image 222877
Gallery image 222878
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
24 Avg 2026
09:51

Kengash_faoliyati

🇺🇿 MUSTAQILLIK TO‘YIGA TO‘YONA: BANDIXONDA YANA BIR EZGU ISH!

🎉 Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida Bandixonliklar uchun yana bir xushxabar!

Quduqsoy mahallasidagi Tangimush temir yo‘l stansiyasiga olib boruvchi yo‘lda asfaltlash ishlari boshlandi. Yillar davomida aholiga noqulaylik tug‘dirib kelgan yo‘lning obod va ravon holatga keltirilishi fuqarolar uchun katta qulaylik yaratadi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati , tuman hokimi Abdumalik Allamuradov mazkur hududda bo‘lib, olib borilayotgan asfaltlash ishlarini yaqindan ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, Tangimush temir yo‘l stansiyasida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda yuk tashish uchun yangidan ochilgan temir yo‘l izlari bilan tanishdi.

Mas’ul idoralarga stansiyada fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha shaxsan tuman hokimining o’zi shug’lanishini ta’kidladi.

“Har bir amalga oshirayotgan ishimiz inson qadri uchun. Bu yerga kelgan har bir fuqaro bizdan rozi bo‘lishi kerak”, — deydi tuman hokimi A. Allamuradov.

🚆 Ma’lumot uchun: Tangimush temir yo‘l stansiyasidan o‘tuvchi poyezdlar fuqarolarning chiqib-tushishi uchun 5 daqiqagacha to‘xtab, yo‘lovchilarga qulaylik yaratilgan.

Mustaqillik bayrami arafasida bunyodkorlik, obodonchilik va xalq roziligi yo‘lidagi ezgu ishlar Bandixonda izchil davom etmoqda!