Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 222846
Gallery image 222847
Gallery image 222848
Gallery image 222849
Gallery image 222850
Gallery image 222851
Gallery image 222852
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
24 Avg 2026
09:28

Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli bayram tadbirlari, xayriya oshi va to‘kin bayram dasturxonlari tashkil etilmoqda.

Navbatdagi tadbir “Oqibat” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla ahli, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda ehson dasturxoni yozilib, qiziqarli musiqiy kuylar chalindi.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Yuldasheva Muyassar Tairovna yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklab, barchaga sihat-salomatlik, xonadonlariga baxtu saodat va fayzu baraka tiladi.

Bayram tadbirida yig‘ilganlar yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari va yaratilgan sharoitlar uchun shukronalik bildirdi. Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va yurtimiz taraqqiyotini tilab duoga qo‘l ochildi.

Bunday tadbirlar mahallalarda hamjihatlik, saxovat va qo‘ni-qo‘shnichilik qadriyatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.