Barcha yangiliklar
Bozorlarda narx-navolar va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi
Gallery image 222843
Gallery image 222844
Gallery image 222845
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
24 Avg 2026
09:25

Bozorlarda narx-navolar va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati J.Uzaqov tomonidan hududdagi bozorlarda aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida kundalik ehtiyojda bo‘lgan asosiy mahsulotlarning amaldagi narxlari, savdo rastalaridagi mahsulotlar zaxirasi va aholining talab-ehtiyojlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bozorlarda zarur mahsulotlarning uzluksiz ta’minlanishi, narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish hamda iste’molchilar uchun qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, narx-navoning barqarorligi va mahsulotlar yetarliligi masalalari deputat nazoratiga olindi.