Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 222818
Gallery image 222819
Gallery image 222820
Gallery image 222821
Gallery image 222822
Gallery image 222823
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
24 Avg 2026
09:08

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

CHIQINDI MUAMMOSI: TEXNIKA YETISHMASLIGI GRAFIK IJROSIGA TO‘SQINLIK QILMOQDA

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Tursunqulov va ishchi guruhi a'zolari F.Abdusattorov Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar tomonidan aholidan eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlardan biri maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish masalasi yuzasidan “Toza hudud” DUKda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tashkilot tasarrufida chiqindilarni olib chiqib ketish uchun 6 dona maxsus transport vositasi mavjudligi biroq ulardan atigi 3 tasi soz holatda, qolgan 3 tasi esa ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi.

Tashkilot tomonidan tumandagi 11 ta mahalladan chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha grafik shakllantirilgan. Ammo maxsus texnikalar yetishmasligi sababli mazkur grafikni amalda to‘liq bajarishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani ma’lum bo‘ldi.