Barcha yangiliklar
Mustaqillik bayrami arafasida yosh sportchilarga munosib tuhfa
Gallery image 222692
Gallery image 222693
Gallery image 222694
Gallery image 222695
Gallery image 222696
Gallery image 222697
Gallery image 222698
Gallery image 222699
Gallery image 222700
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
22 Avg 2026
15:40

Mustaqillik bayrami arafasida yosh sportchilarga munosib tuhfa

“Surxon sohili” mahallasida joylashgan “Navro‘z” istirohat bog‘ida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari N.Allanazarov va Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 6-"Guliston" saylov okrugidan saylangan deputat B. Abdimuminov hamda sportchi yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari N.Allanazarov so‘zga chiqib, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda mashg‘ulotlar sifatini yanada oshirish muhimligini ta’kidladi.
Tadbir davomida Sport vazirligi tomonidan Qumqo‘rg‘on tumanidagi sport muassasalari va yosh sportchilar uchun taqdim etilgan zamonaviy sport jihozlari, anjomlari hamda sport kiyimlari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur amaliy ishlar yosh sportchilarning mashg‘ulotlarini yanada samarali tashkil etish, ularning sportdagi natijalarini yuksaltirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.