Barcha yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish — umumiy maqsad va mas’uliyat
Gallery image 222606
Gallery image 222607
Gallery image 222608
Gallery image 222609
Gallery image 222610
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
21 Avg 2026
10:53

Korrupsiyaga qarshi kurashish — umumiy maqsad va mas’uliyat

Tadbirda sohaviy korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, xizmat faoliyatida qonuniylik va xolislik tamoyillariga qat’iy rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat davomida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatni shakllantirish, fuqarolar bilan ishlash jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga olib keluvchi omillarni barvaqt aniqlash va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida fikr-mulohazalar almashildi.
Bunday tadbirlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va halollik muhitini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish hamda jamiyatda unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.