Barcha yangiliklar
#HOKIM_DEPUTAT_VA_TUMAN_RAHBARLARI
Gallery image 222526
Gallery image 222527
Gallery image 222528
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
22 Avg 2026
07:24

#HOKIM_DEPUTAT_VA_TUMAN_RAHBARLARI

“Yangiqurilish” mahallasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov, tuman prokurori Ravshan Turdiyev, tuman IIB boshlig‘i Dilmurod Qurbonov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 21-"Xo‘jasoat" saylov okrugidan saylangan deputat Hakimov Yusuf Muhammadievich ishtirok etdi.

Unda mahallani obodonlashtirish, hududning sanitariya holatini yaxshilash, jamoat tartibini ta’minlash, aholi murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.

Mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda ishlar ijrosini qat’iy nazoratga olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram ▶️ YouTube