Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 222393
Gallery image 222394
Gallery image 222395
Gallery image 222396
Gallery image 222397
Gallery image 222398
Gallery image 222399
Gallery image 222400
Gallery image 222401
Gallery image 222402
Gallery image 222403
Gallery image 222404
Gallery image 222405
Gallery image 222406
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
21 Avg 2026
19:59

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibidan qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, yoshlar siyosati, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ekologik barqarorlik va «Yashil makon» loyihasi ijrosi kabi muhim masalalar o‘rin oldi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish, ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari, «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish hamda mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalarini yo‘naltirish masalalari ham muhokama qilindi.
Sessiyada mas’ul rahbarlarning axborot va hisobotlari tinglanib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya davomida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi farovonligini oshirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.