Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov ishtirokida Olmazor tuman “Maxsustrans” filialida olib borilayotgan ishlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Gallery image 222364
Gallery image 222365
Gallery image 222366
Gallery image 222367
Gallery image 222368
Gallery image 222369
Gallery image 222370
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
21 Avg 2026
18:18

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov ishtirokida Olmazor tuman “Maxsustrans” filialida olib borilayotgan ishlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov ishtirokida Olmazor tuman “Maxsustrans” filialida olib borilayotgan ishlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida filialning joriy faoliyati, hududlarda sanitariya-tozalash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, maxsus texnikalarning holati, ularning ishga tayyorligi hamda chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar, ish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Mas’ullarga hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, maxsus texnikalardan samarali foydalanish, sanitariya holatini doimiy nazorat qilib borish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.