Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 222326
Gallery image 222327
Gallery image 222328
Gallery image 222329
XO‘JANAZAROV SHUXRAT BEKNAZAROVICH
21 Avg 2026
18:04

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💠 SHEROBOD TUMANIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI YUZASIDAN ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, Sherobod tumani hokimi Usmon Alimov tomonidan tuman hokimligi binosida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan qabul davomida deputat U. Alimov tomonidan fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari atroflicha tinglandi. Jumladan, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilma, moddiy yordam, uy-joy, yer va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Deputat U. Alimov har bir murojaatni mas’uliyat bilan ko‘rib chiqib, fuqarolarning muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratdi. Murojaatlarning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va mas’ullarga aniq topshiriq va vazifalar belgilandi.

Ayrim masalalar qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar deputat nazoratiga olinib, ijroga yo‘naltirildi.

📌 Deputatning fuqarolar bilan bevosita muloqoti — aholi muammolarini aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish va amaliy yechimiga erishishning muhim vositasidir.