Barcha yangiliklar
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH — MUHIM VAZIFA
Gallery image 222285
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
21 Avg 2026
17:50

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH — MUHIM VAZIFA

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov “Bobosadin” MFY mahalla yettiligi bilan suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida korrupsiyaga oid holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish hamda aholi bilan ishlashda qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.