Barcha yangiliklar
QURILISH OBYEKTLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Gallery image 222265
Gallery image 222266
Gallery image 222267
Gallery image 222268
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
20 Avg 2026
00:00

QURILISH OBYEKTLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayramga tayyorgarlik ko'rish hamda o'quv yili boshlanishi munosabati bilan Andijon pedagogika texnikumi direktori, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan hududdagi qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining amaldagi holati, bajarilayotgan ishlarning sifati va ko‘lami, shuningdek, belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Mas’ul mutaxassislar va quruvchi tashkilot vakillari bilan qurilish ishlarini tasdiqlangan reja asosida olib borish, ishlarning sifatini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarni o‘z muddatida yakunlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Qurilish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.