Barcha yangiliklar
Andijon pedagogika texnikumida yoshlar bilan uchrashuv
Gallery image 222249
Gallery image 222250
Gallery image 222251
Gallery image 222252
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
20 Avg 2026
00:00

Andijon pedagogika texnikumida yoshlar bilan uchrashuv

Payshanba — Yoshlar kuni!
Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Andijon pedagogika texnikumida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish maqsadida uchrashuv-muloqot tashkil etildi.

Tadbir Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan Andijon viloyati davlat soliq xizmati organlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida, ayniqsa, mehnat bandligi bo‘yicha muammoli masalalarga duch kelayotgan bitiruvchi yoshlar bilan individual suhbatlar olib borildi.

Yoshlarning ishga joylashishida yuzaga kelayotgan muammolarning sabablari o‘rganilib, ularni bartaraf etish va bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va kelajagiga munosib yo‘l ochish — doimiy e’tiborda!