Barcha yangiliklar
MAHALLABAY YURISH VA KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH
Gallery image 222220
Gallery image 222221
Gallery image 222222
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
20 Avg 2026
00:00

MAHALLABAY YURISH VA KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan mahallabay yurish va ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Gulnoraxon Ismoilova tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Mirpo‘stin” MFYda hududdagi mavjud masalalar o‘rganildi.

O‘rganish davomida ayrim mahalla ko‘chalarini asfaltlash zarurati aniqlandi. Ko‘chalar birma-bir ko‘zdan kechirilib, mavjud holat joyida o‘rganildi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, aholiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.