Barcha yangiliklar



OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
19 Avg 2026
00:00
Guliston MFYda obodonlashtirish ishlari
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Guliston MFY hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Jarayon davomida mahalla mas’ullari bilan suhbatlashilib, hududni obod va ko‘rkam saqlash, sanitariya holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Guliston MFYda obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.