Barcha yangiliklar

OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
19 Avg 2026
00:00
Guliston MFY — U. Qurbonov ko‘chasida asfaltlash ishlari
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev hamda Kengash deputati A. Appakov tomonidan Guliston MFY hududidagi U. Qurbonov ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlash ishlari o‘rganildi.
Jarayon davomida yo‘lning holati va asfaltlash ishlarining sifati ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Guliston MFYda obodonlashtirish va yo‘llarni ta’mirlash ishlari davom etmoqda.