Barcha yangiliklar
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida o‘rganish olib borildi
Gallery image 222059
Gallery image 222060
Gallery image 222061
Gallery image 222062
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
21 Avg 2026
15:51

O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida o‘rganish olib borildi

O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida o‘rganish olib borildi.

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 18-Toshrabot saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati D. Shamsiyeva hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T. Lutfullayev bilan birgalikda O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi raisining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar bilan olib borilayotgan muloqotlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, hudud obodonchiligi, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning qonuniy murojaatlarini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.