Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari
Gallery image 222002
Gallery image 222003
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
20 Avg 2026
00:00

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari

D.Rahmatullayeva va A.Appakov tomonidan kunlik ish rejasiga asosan Andijon shahridagi Barkamol MFY hududida tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yarmarkadagi mahsulotlarning sifati, assortimenti, narx-navolarning barqarorligi va aholiga qulayligi nazoratga olindi. Mas’ullarga savdo jarayonlarini tartibli tashkil etish, aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami arafasida aholiga qulaylik yaratish va dasturxonlarimiz to‘kinligini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.