Barcha yangiliklar







OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
18 Avg 2026
00:00
OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Andijon pedagogika texnikumi
“Dolzarb 90 kunlik” doirasida hududlarni obodonlashtirish, tozalik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tomonidan Andijon pedagogika texnikumi hududida obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borildi.
Ishlar davomida hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, atrof-muhitni ozoda saqlash, yashil hududlarni obodonlashtirish hamda hududning sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday amaliy ishlar ta’lim muassasalarida toza, obod va qulay muhit yaratish, yoshlar uchun munosib sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi.
Obod hudud — farovon muhit!